Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz hamshiralar!
Bugun, 12-may – Xalqaro hamshiralar kuni. Ya’ni, biz shifokorlar bilan bir safda turib, bemorlarning shifo topishida shirin so‘z, mehr va e’tiborini ayamaydigan fidoyilar bayrami.
Hamshira deganda, ko‘z oldimizda yuzlari kulib turadigan, mehribon siymo gavdalanadiki, u bemorlarning har birini alohida g‘amxo‘rlik bilan parvarish qiladi.
Patronaj hamshiralarni doimo mahallalarda, aholi vakillari bilan uchrashuvlarda ko‘ramiz bu esa xalqimizga qanchalik yaqinliklari va ularning salomatliklari haqida qayg‘urishlaridan dalolatdir.
Hamshiralar bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha barcha ko‘rsatmalarga amal qiluvchi, muolaja o‘tkazuvchi, bir so‘z bilan aytganda, xasta kishilarga shifo va mehr ulashuvchi haqiqiy fidoyi kasb egalaridir. Ular millionlab bemorlarning shifo topishlarida muhim o‘rin tutadilar.
Eginidagi libosi kabi qalbi pok, insonlar salomatligi uchun sidqidildan mehnat qilayotgan o‘rta tibbiyot xodimlarining mehnatlari doimo e’tibor markazida.
Aziz hamshiralar! Barchangizni bugungi bayram bilan o‘zim hamda institut jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik, xotirjamlik, sharafli va mashaqqatli mehnat faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
M.M.Madazimov
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor.