alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «IJODKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI» O‘TKAZILDI

12:42 13.05.2024

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bir guruh ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya aʼzosi Ahmadjon Meliboyev,  adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy akademigi Zuhriddin Isomiddinov hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Davron Rajab ishtirokida o‘tgan uchrashuv chinnakam adabiyot kechasiga aylandi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda taniqli yozuvchi, shoir, adabiyotshunos olimlarning  mashaqqatli, ibratli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to‘plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi. Shuningdek, serqirra ijodkor Davron Rajabning rassomlik faoliyatidagi ijod namunalari ham namoyish etildi.

Tadbir davomida ijodkorlarga tuhfa sifatida ularning do‘stlari va yaqin qarindoshlari tomonidan yo‘llangan  dil so‘zlari yetkazildi.

Badiiy kechada talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi va adabiyotshunos olim va ijodkorga institut rektorining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!