Bugun, 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida shoir, yozuvchilar, adiblar hamda ta’lim institutning talaba-yoshlari ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida ijodkorlar yoshlarga har bir ishga mehr bilan yondashish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Mehr va g‘amxo‘rlikdan bu nihollar ishonch bilan o‘sishi, ulardan ma’naviyat hamda kelajak bog‘lari barpo bo‘lishini aytib o‘tdi.
Nihollar do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida institut hovlisidan joy oldi.