alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MINI FUTBOL SPORT TURI BO‘YICHA «REKTOR KUBOGI» FINAL BOSQICHI BO’LIB O’TDI

22:03 16.05.2024

Bugun, 16-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha «Rektor kubogi» uchun o‘tkazilayogan musobaqalarning yarim final va final o‘yinlari oʻtkazildi.

Unda «Stomatologiya», «Ma’muriyat», «Pediatriya», «Tyutorlar» jamoalari gʻoliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, final bahsida Pediatriya fakulteti jamoasi  birinchilikni qoʻlga kiritdi. Tyutorlar jamoasi ikkinchi,  Ma’muriyat va Stomatologiya fakulteti jamoasi esa uchinchi oʻrinni egallab, musobaqa shohsupasi sovrindorlari safidan joy oldi.

Musobaqa yakunida institut rektori M.Madazimov barcha jamoalarni samimiy qutladi va sportga bo‘lgan e’tibor hamda bu kabi faolliklari davomli bo‘lishiga tilak bildirdi.

Gʻoliblar diplom, qimmatbaho sovg‘alar, 1-o‘rin sohiblari  rektor kubogi bilan taqdirlandi. Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan sportni futbol turini rivojlantirish va  ommaviylashtirishga qo‘shgan xissasi uchun institut rektori tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!