O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi PQ-5154-son va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarorlariga asosan Andijon davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv-laboratoriya binosi hamda Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya binolarini qurish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda institut talabalarining soni keskin ortib ketganligi sababli yangi o‘quv binosi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostladi. Hozirda bino to‘liq ko‘tarilib, ta’mirlash hamda jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun, 18-may kuni institut rektori M.Madazimov yangi qurib bitkazilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Rektor binoga keltirilgan zamonaviy talabalar asosidagi jihozlarni ko‘zdan kechirdi, ta’mirlash jarayonlari bilan tanishdi va mas’ullarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.