Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-son qarori ijrosi hamda hududlarda tor sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 200 nafar bitiruvchisini magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy oliy ta’lim va markazlarida o‘qitish maqsadida tanlov e’lon qilingan edi.
Joriy yilning 17-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan 12 nafar bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida tanlovning institut bosqichi o‘tkazildi.
Unda Xalqaro bo‘lim boshlig‘i F.Rasulov, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Bo‘stonovdan iborat Xakamlar hay’ati tomonidan talabalarning bilimlari tanlov nizomi asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, mazkur tanlovda Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvchi bosqich talabalari:
– Transplantologiya;
– Bolalar kardioxirurgiyasi yo‘nalishlarida ishtirok etdi.