Bugun, 20-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti tamonidan “Prediabet va surunkali koronar sindrom o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Klinik holatni muhokama qilish”, “Yurak, qon-tomir kasalliklari va Qandli diabetning 2 turi va oʻzaro bog‘liqligi” mavzularida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Unda Gruziya Respublikasi Tbilisi shahri Milliy Endokrinologiya instituti MChJ ilmiy direktori, I.Javaxishvili nomidagi Tbilisi davlat universiteti professori, t.f.d. Yelena Giorgadze, «Pineo tibbiy ekotizim» klinikasining kardiologiya departamenti mudiri, Gruziyadagi EARSning milliy koordinatori t.f.d., professor Zurab Klimiashvilli ishtirok etdi.
Mazkur anjumanda viloyatdagi barcha shahar va tuman davolash profilaktika muassasalarining endokrinolog, kardiolog, terapevt va oilaviy shifokor mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjuman davomida Gospital terapiya va Endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova tomonidan ham mavzuga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib eshittirildi.