O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, 21-may O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, Andijon davlat tibbiyot institutining Axborot-resurs markazida “Kutubxonachi ziyo tarqatuvchi” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.Xolmatova va markaz xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar axborot resurs markazi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladilar va kutubxonachi kasbi eng sharafli, mas’uliyatli, savobli, mashaqqatli kasb ekanligini ta’kidladilar. Ularning sermazmun olib borayotgan ish faoliyatida kuch-quvvat tiladilar.
Shuningdek, tadbirning badiiy qismida markaz xodimlari tomonidan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Qo‘shiq va raqslar mahorat bilan ijro etildi.