Bugun, 22-may kuni «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi akademiyaning akademigi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurali Qobul, Abdulla Qodiriy uy muzey direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Xondamir Qodiriy, Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti dekani, f.f.n, Bahodirjon Raxmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim G‘ofurjon Tojiboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, dotsent Halim Karim institutning yangi qurib bitkazilgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi bilan tanishdi.
Institut rektori M.Madazimov ushbu binoning imkoniyatlari, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirdi. Bugungi kunda bino zamonaviy tibbiy-ta’lim texnologiyalari bilan jihozlanayotganligi bu esa talabalarning jahon andozlariga mos tarzda sifatli ta’lim olishlariga keng yo‘l ochib berishini ta’kidladi.
Ijodkorlar bu kabi so‘lim manzilda, zamonaviy imkoniyatlarga boy tarzda qad rostlagan oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalarga havasda ekanliklarini bildirdilar.