REKTORGA BIRIKTIRILGAN MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTORGA BIRIKTIRILGAN MAHALLA YOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

16:11 23.05.2024

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan. Shunga asosan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovga Marhamat tumanidagi “Qovunchi” mahallasida istiqomat qiluvchi alohida eʼtiborga, ijtimoiy-moddiy jihatdan yordam muhtoj boʻlgan 26 nafar yoshlar biriktirilgan.

Ular bilan doimiy ravishda manzilli uchrashuvlar oʻtkazilmoqda hamda ularning ijtimoiy holati, murojaatlari va muammolari batafsil oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.

Bugun, 23-may kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda Sultonali Valiyevga institut byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan dehqonchilik qilishi uchun ko‘maklashildi. Oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi yoshlarni imtihonlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Rektorga biriktirilgan yoshlar orasida ayni paytda xorijda ishlayotgan yoshlar bilan bog‘lanib, holidan xabardor bo‘lish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Biriktirilgan yoshlar bilan ishlash jarayoni davom etmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!