Joriy yilning 24-25-may kunlari poytaxtimizda «O‘zbekiston-Rossiya: Salomatlik yo‘lida birgamiz» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Mazkur anjumanda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli tadbir doirasida institut rektori Dog‘iston davlat tibbiyot instituti rektori V.Y.Xanaliyev bilan ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va bilim hamda tajriba almashishning yangi istiqbollariga bag‘ishlangan hamkorlik memorandumini imzoladi.