Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT DOTSENTI XALQARO KONFERENSIYADA MAʼRUZA BILAN ISHTIROK ETDI

10:47 29.05.2024

Joriy yilning 15-may kuni Rossiya Federatsiyasi, Boshqird davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Nevrologiya amaliyotida og‘riq, psixosomatonevrologik sindromlar” mavzusida onlayn tarzda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi dotsenti, t.f.d. X.Tursunov “Homiladorlarda arterial gipertenziya, yangi klinik tavsiyalar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, konferensiyada Akusherlik ginekologiya, travmatologiya, ortopediya va sport tibbiyoti kafedrasi, Oilaviy shifokorlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi, Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedralari professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!