Bugun, 29-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida anʼanaviy tarzda ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lgan ustozlar, xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandi.
Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan: Institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan adabiyotlar yaratilishi holati. Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini bajarilishi va xorijiy til o‘rganish holati yuzasidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonovning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar tahlili tinglanib, fikr mulohazalar bildirildi. Amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.