Joriy yilning 17-may kunidan 27-may sanasigacha Hindiston Respubliksida, 10 ta davlatdan 15 ta institut vakillari ishtirokida Kerala mintaqasining 6 ta shahrida “India’s first MBBS Abroad Expo” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Qo‘shma ta’lim va xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G‘.Soliyev ham ishtirok etdi. U mazkur ko‘rgazmada ta’lim xizmatlari va ularni eksport qilish targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdi.
Har bir shaharda ko‘rgazma qatnashchilari aholi vakillariga o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Institut vakili ham Andijon davlat tibbiyot institutidagi sharoitlar va o‘qitish tizimi bilan yaqindan tanishtirdi. Qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Ko‘rgazma doirasida institut vakillari O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi S.Rustamboyev, elchixonani 1-konsuli X.Samiyev va elchixonaning birinchi kotibi S.Suyarov bilan uchrashdi. Unda hamkorlikni rivojlantirish, aynan ta’lim tizimida, ta’lim xizmatlarini eksport qilish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida keng ko‘lamli ishlar olib bo‘yicha fikr almashildi.