TALABALAR MALAKA AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TALABALAR MALAKA AMALIYOTINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

16:19 30.05.2024

Bugun, 30-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutining 2023–2024-o‘quv yili o‘quv jadvaliga asosan  Davolash, Pediatriya, Stomatologiya, Sanoat farmatsiya, Farmatsiya fakultetlari va kasb taʼlimi, Tibbiy profilaktika, Xalq tabobati, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari 1-2-3-4-5-bosqich talabalari malaka amaliyotini tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Ushbu amaliyotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 13-iyundagi  №202-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish  to‘g‘risida”gi buyruq  bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga asosan tashkil etish bo‘yicha seminar institutning Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha masʼuli B.Mirzakarimov tomonidan olib borildi.

Seminarda fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari tyutorlar va amaliyot obyektlariga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Yig‘ilishda ishtirokchilarga amaliyotni tashkil etish va olib borish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. Qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!