XIRURGIYA SOHASI MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XIRURGIYA SOHASI MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

14:24 12.06.2024

Bugun, 12-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Eshonxo‘jayev ishtirokida institut xirurgiya mutaxassisligi bo‘yicha kafedra mudirlari, kafedra hamda klinika xirurgiya bo‘limi xodimlari, magistrantlar, klinik ordinatorlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O.Eshonxo‘jayev tomonidan xirurgiya markazi faoliyati, yutuqlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilindi. Qatnashchilar tomonidan berilga savollarga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida F.Nazirov rahbarligida yaratilgan “Xirurgik kasalliklar” o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi.

Mutaxassislar sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, izlanishlar va tadqim etilgan o‘quv qo‘llanma haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, takliflar bilan bo‘lishdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!