Bugun, 13-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Taniqli sportchilar bilan yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda Stol tennisi sport turi bo‘yicha 5 karra O‘zbekiston chempioni, Xalqaro musobaqalar sovrindori, sport ustasi Jaloliddin Jo‘raboyev, 3 karra O‘zbekiston chempionlari, Markaziy Osiyo chempionati ishtirokchisi va Osiyo chempionati yo‘llanmalari sohibalari Mohira Abdullayeva hamda Malohat Davronova ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘z olgan sportchilar oʻzining hayot yoʻli, sportga kirib kelishi, chempionlik choʻqqilariga chiqishdagi qiyinchilik va toʻsiqlari, qoʻlga kiritgan yutuqlari tarixi haqida talabalarga soʻzlab, berdi. Shuningdek, kelgusida medallar sonini yanada oshirib, jahon, olimpiya rekordlarini oʻrnatish, yurt bayrogʻini doimiy baland koʻtarish kabi niyatlarini aytib o‘tdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni oldilar.