Andijon davlat tibbiyot institutining magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi bosqich magistrantlari yakuniy davlat imtihonlarni topshirishni boshladi. Bugun, 14-iyun kuni magistratura bosqichi bitiruvchilariga O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar og‘zaki tarda savollarga javob berdilar.
Jarayonlar avvalida magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov so‘z olib, imtihon o‘tkazilish tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. Bitiruvchilarga yillar davomida olgan bilimlariga suyangan holda, diqqat bilan savollarni o‘qib, javob berishlarini aytib o‘tdi va barcha bitiruvchilarga omad tiladi.
Yakuniy davlat attestatsiya hay’ati raisi, Farg‘ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti dekani, falsafa fanlari doktori I.Siddiqov so‘zga chiqib, magistratura bitiruvchilariga davlat attestatsiyalari imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib olishlariga tilak bildirdi. Imtihonlar institutning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.