Andijon davlat tibbiyot institutining magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari yakuniy davlat imtihonlarni topshirishni boshladi. Bugun, 21-iyun kuni magistratura bosqichi bitiruvchilariga magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyalari bo‘lib o‘tdi.
Jarayonlar avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov so‘z olib, barcha bitiruvchilarga dissertatsiya himoyalarida muvaffaqiyat tiladi. Dissertatsiya himoyalari institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi.