“INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI “INNOWEEK.UZ-2024” YARMARKASINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI “INNOWEEK.UZ-2024” YARMARKASINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

16:14 22.06.2024

Bugun, 22-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2024” yarmarkasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, yoshlarning bugungi kundagi izlanishlari natijasida yaratilgan ixtirolar, innovatsiyalar ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi va buning natijasida aholiga qulaylik yaratish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda alohida ahamiyatli ekanligi haqida so‘z yuritdi. Barcha ishtirokchilarga tanlov davomida omad tiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi F.Qodirova onlayn tarzda tabrik yo’lladi hamda tibbiyot sohasidagi innovatsion ishlanmalarning muhim ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy  Innovatsion rivojlanish boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Xolmatjonov ham so‘z olib, barcha qatnashchilarga omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi hamda eng yaxshi innovatsion g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanligini bildiridi.

Ushbu yarmarkada 60 ta loyiha namoyish etildi. Institutning rektori boshchiligida yetakchi olimlardan tuzilgan hayʼat, professor-o‘qituvchilarning tanlovda ishtirok etgan loyihalarini  ko‘rib chiqib, g‘oliblarni aniqladilar.

Unga ko‘ra:

1-o‘rinni – “Малоинвазивное эндоскопическое лечение синовиальной кисты подколенной ямки” nomli loyihasi bilan Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi jamoasi;

2-o‘rinni – “Разработка новых инновационных технологий в хирургии щитовидной железы” nomli loyihasi bilan Umumiy jarrohlik  va transplantologiya kafedrasi jamoasi;

3-o‘rinni – “Zotiljam kasalligi” ni davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etish va tatbiq etish usullari” loyihasi  bilan Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi jamoasi egalladi.

Shuningdek, “Innovator ayol” nominatsiyasida  Ijtimoiy gigiyena va Sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasining “Оптимизация работы патронажных акушерок по охране здоровья беременных женщин в системе первичного звена здравоохранения” loyihasi g‘olib deb topildi.

G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi va “Innovatsion g‘oyalar haftaligi “InnoWeek.Uz-2024”  yarmarkasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!