Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA “YOSHLAR FORUMI” O‘TKAZILDI

21:24 24.06.2024

Bugun, 24-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida institutda tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida “Yoshlar forumi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy universiteti (National University)ning 3 nafar professori va ularning ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi mutaxassislardan iborat jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Salohiddinov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov so‘z olib, forumda asosiy qilib belgilab olingan mavzularning global miqyosda qanchalik muhimligi, unga yechim topishda o‘zaro tajriba almashishning muhimligini ta’kidladi hamda forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so‘ng, xorijlik mutaxassislar tomonidan taqdimotlar namoyish etilib, ma’ruzalar o‘qib eshittirildi. Ular qon bosimi, qandli diabet kasalliklari, O‘zbekiston hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi aholining o’rtacha umr ko’rishi, onalar va bolalar o’limi, turli kasalliklarni fakt va raqamlar orqali taqqoslangan tadqiqotlarni namoyish etdi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar ham mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!