AMALIYOTCHI TALABALAR VA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AMALIYOTCHI TALABALAR VA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

14:25 26.06.2024

Xabaringiz bor, ayni kunlarda institutning barcha fakultet va yo‘nalishlari talabalari malaka amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim Vazirining 2022-yil 13-iyundagi  №202-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish  to‘g‘risida”gi buyruq  bilan tasdiqlangan Namunaviy NIZOMga asosan tashkil etilib yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning, 25-iyun kuni institutning Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha masʼuli B.Mirzakarimov Farg‘ona viloyatining Beshariq, Furqat va O‘zbekiston tumanlarida bitiruvchi va amaliyotchi talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda tumanlarga amaliyot rahbari sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar A.Qo‘chqarov, M.Abduqodirov, D.Yunusov shuningdek, Beshariq TTB bosh shifokorining o‘rinbosari D.Aliyeva va xodimlar bo‘limi boshlig‘i E.Xamidov, Furqat TTB bosh shifokori B.Meliyev, O‘zbekiston TTB bosh shifokori A.Usmonov ishtirok etdi.

Manzillarda talabalarning amaliyotini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, institutning 2024-yilgi bitiruvchilarini ishga joylashtirilishi holati tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari bilan ko‘rib chiqilib kelishib olindi. Joylardagi mutasaddilardan talabalarni o‘qitish jarayonida qaysi jihatlarga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ularning fikrlari o‘rganilib takliflar bildirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!