Bugun, 26-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov boshchiligida kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy kengash avvalida an’anaviy tarzda ilmiy daraja va unvon olgan qator professor-oʻqituvchilarga ham tasdiqlovchi hujjatlar, respublika va xalqaro olimpiadalar g‘oliblari bo‘lgan talabalar hamda ularning ustozlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Kengash kun tartibi boʻyicha institutda magistrantlarni dissertatsiya ishlarini olib borilishi yuzasidan Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunovning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, institut fakultetlarida 2023-2024-o‘quv yili yakuni va 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ma’lumotlarni taqdim etdi.
Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Kun tartibi boʻyicha turli masalalar ham muhokama qilindi.