alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OZARBAYJONLIK JARROHLAR BILAN HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

17:09 29.06.2024

Bugun, 29-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Ozarbayjon-O‘zbekiston forumi doirasida viloyatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar jamiyati prezidenti Q.Muslimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan hamkorlik masalalarida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda tomonlar hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirish, akademik mobillik doirasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislarning mahorat darslarini tashkil etish yuzasidan fikr almashdi. Ushbu takliflarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Yakunda, mustahkam hamkorlik ramzi sifatida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar institutning o‘quv binosida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, yangi qurib bitkazilgan o‘quv binosining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!