alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT TANLOVLAR!

17:04 03.07.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining yozgi ta’tilda bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng maroqli yozgi ta’til” shiori ostida onlayn tanlovlarga start berildi.

Ular quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

Yoz – men sevgan fasl mavzusida insholar tanlovi (1-ilova);

Yozning ko‘rk-u tarovati mavzusida fotosuratlar tanlovi (2-ilova);

Eng yaxshi taom tayyorlash tanlovi (3-ilova);

Institut qahramoni” mavzusida videorolik tanlovi (4-ilova);

“Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovi (5-ilova).

 

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga kelib tushgan materiallar tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi. Gʻoliblarga institut rektorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.

Tanlov ijodiy ish materiallari 20-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) @adtitanlovbot ga taqdim etiladi. 20-avgustdan keyin yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlov faqat Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun!

Batafsil havolada:Tanlovlar nizomlari

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi              

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!