alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TEST SINOVLARINI O’TKAZISH YUZASIDAN TAYYORGARLIK HOLATI O’RGANILDI

17:07 14.07.2024

Bugun, 14-iyul kuni 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida joylashgan sport zalida abituriyentlar uchun davlat test sinovlari o’tkazilmoqda.

Mazkur kirish test sinovlarini o’tkazishga qay darajada tayyorgarlik ko’rilganini o’rganish maqsadida manzilga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Ishchi guruhni institut Qabul kamissiyasi mas’ullari kutib oldi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Ishchi guruh tomonidan abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar, ularning ota-onalari va yaqinlari uchun tashkil qilingan farzandining imtihon topshirish jarayonini kuzatib borish imkoniyati yaratilganligi holati namunali tarzda ekani ta’kidlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!