alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT JAMOASI TURKIYADA YOZGI AMALIYOT O‘TAMOQDA

13:51 19.07.2024

Xalqaro forum doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Turkiyaning dunyo oliy taʼlim muassasalari reytingining yuqori o‘rinlarini egallab kelayotgan Ege universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Undan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarning tibbiy bilimlarini hamda pedagog-o‘qituvchilar, shifokorlarning malakasini oshirish masalasida kelishuvlar o‘rin olgan.

Shu boisdan ayni kunlarda institutning 2 nafar ustozlari: Bolalar travmatologiyasi, ortopediya va neyrojarroxlik kafedrasi mudiri, professor Q.Qo‘dashev hamda Propedevtik stomatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Xakimova hamda Stomatologiya fakultetining 4 nafar iqtidorli talabalari Turkiyaning Ege universitetida o‘qib, malaka oshirmoqda.

O‘quvning dastlabki 5 kunida institut jamoasi universitet klinikasi bilan to‘iq tanishdi, tibbiyot muzeyi va fakultet kutubxonasi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, professor Pinar Fedakar bilan uchrashuv o‘tkazilib, davolash va hamshiralik fakultetlari to‘g‘risida kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzildi.

“Erasmus+” bo‘yich koordinator, professor Nurjan Budunelli xorijlik mutaxassis va talabalarga universitetda mavjud xalqaro dasturlarning imkoniyatlari to‘g‘risida tushuncha berdi.

Universitetning Stomatologiya fakulteti dekani, professor Nazan Ersen bilan o‘tgan uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori  nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Amaliyot mashg‘ulotlari reja asosida olib borilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!