alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORIGA “YIL OLIYGOHI 2024” TANLOVI G‘OLIBLIGI BO‘YICHA DIPLOM VA MAXSUS SERTIFIKAT TOPSHIRILDI

16:41 22.07.2024

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida Respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash maqsadida so‘rovnoma asosida “Yil oliygohi 2024” ko‘rik tanlovi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon davlat tibbiyot instituti “Yilning eng yaxshi instituti 2024” nominatsiyasida eng ko‘p ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Bugun, 22-iyul kuni institut rektori M.Madazimovga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi asoschisi Egamnazar Abdulboqiyev  hamda Oliy ta’lim yangiliklari va yutuqlari Telegram kanali asoschisi Behruz Saidburxonov tomonidan tanlovning g‘oliblik diplomi hamda ramziy statuetka topshirildi.

Shuningdek, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “DIAMOND EDUCATION” ta’lim platformasida institutning 30 nafar talabasi 3 oy bepul ta’lim olishi uchun vaucherini o‘zida mujassam etgan sertifikat ham taqdim etildi.

Mazkur vaucher bilan institutning 30 nafar faol talabalari “DIAMOND EDUCATION” da 3 oy mobaynida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!