Ayni kunlarda, Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahridan I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy tibbiyot univeristetidan bir guruh talabalar Andijon davlat tibbiyot institutining klinik bazalarida amaliyot o‘tash uchun akademik mobillik doirasida institutda bo‘lib turibdi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov mehmonlarni kutib olib, ularni institut klinika va yangi o‘quv binolari bilan tanishtirdi.
Ular bir hafta davomida institut jarrohlik va terapevtik bazalarida amaliyot o‘taydi. Hozirda ular institutning klinik bazalarida amaliyot o‘tash uchun akademik mobillik doirasida institutda bo‘lib turibdi.