Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim tashabbusining to’rtinchisida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish” ko’zda tutilgan. Mazkur tashabbus bo’yicha 2019-yil 3-may kuni ADTI davolash fakulteti Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan davolash fakulteti talabalari va malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kursantlari ishtirokida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini U.Karimov ochib, beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi –kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish xususida fikr yuritdi.
Shundan so’ng, ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori O.Salohiddinov insonni ezgulikka, sabrli bo‘lishga undovchi, uning qobiliyat va ma’naviy dunyosini boyitishda kitobning ahamiyati, bugungi kunda yoshlar va zamondoshlarimizning kitobxonlik saviyasi va madaniyatini yanada yuksaltish masalasi haqida taklif va mulohazalarini bildirdi. Tadbirda professor o’z qalamiga mansub asarlarining mazmun-mohiyatiga to’xtalib o’tdi.
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri R.Yuldashev insonning ma’naviy kamolotida, mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishida, xalqimizning azaliy qadriyatlarini kelgusi avlodlarga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyati beqiyosligini ta’kidladi.