Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“PEARL OF VALLEY” XALQARO YOZGI MAKTAB BOSHLANDI

15:00 05.08.2024

Bugun, 5-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyot taʼlimini xalqarolashtirish, tibbiyot fakulteti talabalari oʻrtasida madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro sogʻliqni saqlash sohasida bilim va tajriba almashish hamda ommalashtirish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam yoʻnalishi boʻyicha xalqaro yozgi maktab oʻz ishini boshladi.

“Pearl of valley” (Vodiy gavhari) IV xalqaro yozgi maktabiga Rossiya Federatsiyasi, Belorus Respublikasi, Tatariston, Pokiston davlatlaridan hamda respublikamizning Samarqand, Buxoro viloyatlaridan kelgan 13 nafar talabalar tantanali tarzda kutib olindi. Ularni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov boshchiligida fakultetlar dekanlari va maktab mas’ullari kutib oldi. Dastlab, bir hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Shundan so‘ng, xorijlik talabalar institut bilan yaqindan tanishdi. Simulyatsiya markazining zamonaviy imkoniyatlari, axborot resurs markazidan joy olgan sohaga oid eng yaxshi adabiyotlar hamda anatomiya muzeyi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Do‘stlik, tibbiyot sohasida tajriba almashish, mahorat darslariga katta maydon vazifasini o‘tovchi xalqaro yozgi maktabning ilk kuni qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Navbatda esa qatnashchilar o‘zlari tahsil  oladigan oliygohlari haqida tayyorlangan videorolikni tengdoshlariga namoyish etdi.

 

 

 

Skip to content Click to listen highlighted text!