“TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI” FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI” FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

17:57 05.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda joriy yilning 1-avgustidan yangi 2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida joriy yilning 1-avgustidan 10-sentabrgacha bo‘lgan muddat “dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilandi.

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, barcha kerakli jihozlar bilan joylashtirildi. Markazga faol ko‘ngilli-yoshlar jalb etildi va maxsus kiyim-boshlar bilan ta’minlandi.

Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashmoqchi bo‘lgan barcha talabalar ushbu ma’lumotlar markaziga murojaat qilishlari mumkin.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!