Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO YOZGI O‘QUV MAKTABI QIZG‘IN TARZDA DAVOM ETMOQDA

14:53 06.08.2024

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) yozgi o‘quv maktabi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

 

Bugun, 6-avgust kuni maktab qatnashchilari kunni birinchi qismini amaliy mashg‘ulotlardan boshladi. Ularning turli baxtsiz hodisalar aks ettirilgan hayotiy sahna ko‘rinishlarida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlari amalda tekshirib olindi.

Bu vaziyatda bo‘lajak shifokorlarga o‘zlarini yo‘qotmagan holda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari vazifasi yuklatildi. Maktab trenerlari esa qatnashchilarni kuzatib, baholab bordi. Ushbu vaziyatda bo‘lajak shifokorlarning vazifalarni to‘g‘ri bajarishi, xato va kamchiliklar tahlil qilinadi. Natijalarga ko‘ra, bilimlar yana-da boyitiladi.

Mashg‘ulot jarayonlarini jonli chiqishida hamkorlik qilgani uchun Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv bo‘limi va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga hamda institutning faol, ko‘ngilli yoshlariga minnatdorchilik bildiramiz.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!