XALQARO YOZGI O‘QUV MAKTABI KATTA AMALIYOT MAYDONI VAZIFASINI O‘TAMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO YOZGI O‘QUV MAKTABI KATTA AMALIYOT MAYDONI VAZIFASINI O‘TAMOQDA

15:03 07.08.2024

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokidagi “Pearl of valley” (Vodiy gavhari) nomli yozgi o‘quv maktabining mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Bugun, 7-avgust kuni maktab mentorlari Sh.Toshboyev  va D.Abdurahmonova tomonidan birinchi tez yordam ko‘rsatish va unda alohida e’tibor berish muhim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ustozlar tomonidan berilgan nazariy bilimlarni yana-da mustahkamlash maqsadida maxsus mulyajlar yordamida amaliy mashg‘ulotlar bajarildi.

Qatnashchilar trening davomida mavzu doirasida ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Skip to content