INSTITUT XODIMLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XODIMLARI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

12:55 10.08.2024

Bugun, 10-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 5-iyundagi PQ- 210- son Qarori talablaridan kelib chiqib, institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o‘tildi. Yig‘ilishda raislik qilgan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov tomonidan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sog’liqni saqlash vazirligining Korrupsiyani oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida yuborilgan ko‘rsatmalari yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazildi.

Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov tomonidan yurtimizda va institutda korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, mas’ullar tomonidan talabalar orasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu illat nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz uchun keltiradigan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni, uning mazmun-mohiyatini tanishtirib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!