INSTITUT REKTORI AQSHda HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O’TKAZDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI AQSHda HAMKORLIK MASALALARIDA UCHRASHUV O’TKAZDI

19:54 13.08.2024

Ayni kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli qarori, 2021-yil 26-noyabrdagi “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 713-son qarori hamda 2023-yil 6-9-sentabr kunlari o‘tkazilgan “O’zbekiston-AQSH birinchi tibbiyot haftaligi va forumi” doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash, xorijiy ilg’or tibbiyot markazlarining tajribalarini o‘rganish va institut klinikasiga integratsiya qilish maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati va kardioxirurglar jamoasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘lgan xizmat safari davom etmoqda.

Joriy yilning 12-avgust kuni institut  rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor va Xalqaro fakultet dekani Klivlent klinikasi (Cleveland Clinic) Nevrologiya markazi boshlig’i professor Shazam Hussain bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


Ushrashuvda nevrologiya va neyrojarrohlik sohasida Klivlent klinikasining innovatsion texnologiyalar yuzasidan taqdimoti namoyish qilindi. Taqdimotda epilepsiyani jarrohlik yo’llari bilan davolash, insultni oldini olishning yangi usullari, miya qon-tomir kasalliklarini davolashning yangi va zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, ushbu klinika dunyo reytingida nevrologiya sohasida Top-10 talikka kiradi.

Skip to content Click to listen highlighted text!