AQSHning KLIVLEND KLINIKASI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AQSHning KLIVLEND KLINIKASI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

17:37 14.08.2024

Bugun, 14-avgust kuni Klivlend klinikasining rasmiy vakillari Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor F.Rasulov va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G‘.Soliyevni rasmiy tushlikka taklif etdi.

Unda institut rektori Klivlend klinikasining vitse prezidenti Dr. Tomasso Falcone, xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul Joe Sweet, Kardiovaskulyar markaz boshlig‘i Muhammad Shazam Hussain, umumiy kasalliklar xizmatlarini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i Maan Fares, departament boshlig‘i Rabi Hanna va boshqa bo‘lim boshliqlari hamda shifokorlar bilan uchrashdi.

 

Tomonlar suhbat davomida hozirgi kunda institut va shifoxonalarning erishilgan yutuqlari, imkoniyatlari va sohalar bo‘yicha kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorliklar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Klivlend klinikasi dunyoda ko‘p tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgani va bizning mamlakatimizda hamda viloyatimizda bu tajribani o‘rganib tadbiq etish tibbiyotda dolzarb ekanligi aytib o‘tildi.

 

Uchrashuv yakunida kelajakda hamkorlikni yangi bosqichlarga olib chiqilishi klinika rahbarlari bilan kelishib olindi va institut rektori tomonidan rasmiy vakillarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!