XIZMAT SAFARI DOIRASIDA ZAMONAVIY TAJRIBALAR O‘RGANILIB, HAMKORLIKKA ERISHILMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XIZMAT SAFARI DOIRASIDA ZAMONAVIY TAJRIBALAR O‘RGANILIB, HAMKORLIKKA ERISHILMOQDA

17:44 14.08.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov boshchiligidagi institut professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘lgan xizmat safari davom etmoqda.

 

 

Bugun, kunning ikkinchi yarmida Klivlend klinikasi bioinjeneriya laboratoriyasi bosh tadqiqotchi muhandisi Ryan Klatte taklifiga binoan, institut rektori bioinjeneriya laboratoriyasiga tashrif buyurdi.

 

 

Aytib o‘tish joyizki ushbu laboratoriya zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan dunyodagi mashhur biotibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda bir nechta dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Laboratoriya vakillari odam tanasi a’zolarini 3D modellashtirish, kompyuter tomografiyasidan so‘ng bemorning a’zolarini virtual shakllantirish, va 3D printerda sun’iy tana a’zolarining protezlarini qilish va anatomik jihatdan ideal implant modelini yaratish bo‘yicha erishilgan yutuqlari bilan institut vakillarini tanishtirdi.

 

Institut kichik ilmiy xodimi Nour Mohammad o‘zining ilmiy ishlari bilan bo‘lishib, professor M.Madazimovga virtual 3D modellashtirish va protez namunalarini ko‘rsatib o‘tdi. Bu yuqori zamonaviy tajribani Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi yangi qurilgan laboratoriyaga tatbiq etish rejalari tuzildi va bu soha mutaxassislari tajribalarini almashishga kelishib olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!