MALAKA OSHIRISH KURSI NATIJALARI YUZASIDAN TYUTORLAR ATTESTATSIYADAN O‘TKAZILMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MALAKA OSHIRISH KURSI NATIJALARI YUZASIDAN TYUTORLAR ATTESTATSIYADAN O‘TKAZILMOQDA

12:07 17.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-iyundagi 3/15-52-997-sonli xati hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori R.Xudayberganov tomonidan 2024-yil 12-iyun kuni tasdiqlangan “2024-yil iyun-avgust oylarida to‘g‘ridan to‘g‘ri va masofaviy (onlayn) malaka oshirsh kursiga jalb etilgan tyutorlarning ro‘yxati”ga muvofiq 17-avgust kuni Davolash va Pediatriya fakultetining 4 nafar tyutori  2024-yilning 12-17-avgust kunlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun tashkil etilgan o‘quv natijalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazildi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ularning faoliyati ijobiy baholandi hamda ularning kelgusida faoliyatlarini davom etirishlari mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!