Andijon davlat tibbiyot institutida respublikada birinchilardan bo‘lib Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan hamkorlikda “Parameditsina” yo‘nalishiga hujjatlar qabul qilish boshlandi. O‘qish muddati 4 yil (3 yil Andijonda + 1yil Koreyada).
O‘qitish tili: ingliz tilida (ADTI bazasida), ingliz tili (KNUT bazasida).
Afzalliklari:
– O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro tizimda faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
– Qo‘shma ta’lim dasturi yakunida talabalar har ikki hamkor OTMning diplom va sertifikatlarini qo‘lga kiritib, o‘zlari xohlagan hududda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatlar joriy yilning 10-sentabr sanasiga qadar Andijon davlat tibbiyot institutida qabul qilinadi.
Abituriyentlar kerakli hujjatlarini onlayn tarzda quyidagi havola orqali topshiradi: https://is.adti.uz/
Ma’lumot uchun telefon raqami: +998742239451, (88) 909-23-30.