DIQQAT, E’LON! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT, E’LON!

16:36 27.08.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti 2025-yilda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga mutaxassisliklar bo‘yicha  tanlov e’lon qiladi

Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  304-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2024-yil 21-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” 319-sonli  buyrug‘iga muvofiq stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

Muassasa nomi Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi Doktorantura turi Ajratilgan kvota
1 Andijon davlat tibbiyot instituti 14.00.01 Akusherlik va ginekologiya Doktorantura

Tayanch doktorantura

1

2

14.00.02 Morfologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.03 Endokrinologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.08 Oftalmologiya Tayanch doktorantura 2
14.00.13 Nevrologiya Stajor-tadqiqotchilik 1
14.00.19 Klinik radiologiya Tayanch doktorantura 1
14.00.27 Xirurgiya Tayanch doktorantura 1

 

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 3 ta tezis);
  • chet tilidan B1 darajada bo‘lgan xalqaro malaka sertifikati

Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani – tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
  • chet tilidan B1 darajada bo‘lgan xalqaro malaka sertifikati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2024-yil 1-25-noyabr davrida o‘tkaziladi.

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http:// daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!