INSTITUT REKTORI MAHALLA YOSHLARI HOLIDAN XABAR OLDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI MAHALLA YOSHLARI HOLIDAN XABAR OLDI

22:00 30.08.2024

Bugun, 30-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovga biriktirilgan Marhamat tumani, “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, qizil toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashish maqsadida institut rektori “Qovunchi” MFY raisi A.Abdurasulov va yoshlar yetakchisi F.Xabibullayev, mahalla imom hatibi S.Boltaboyev bilan birgalikda yoshlar xonadonlariga borib suhbatlashdilar.

Bu safargi uchrashuvdan maqsad – xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holidan xabar olish, ulardagi mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. Rektorga  biriktirilgan 26 nafar yoshlardan 18 nafari migratsiyada bo‘lib, ayni vaqtda ulardan 14 nafari o‘z uylariga qaytib kelgan va turli yo‘nalishlarda o‘zini band qilganligi aniqlandi.

Mahalla yoshlari orasidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishga joylashish bo‘yicha murojaatlarini aytdi. Bu bo‘yicha mas’ullar bilan telefon orqali bog‘lanilib, kerakli ma’lumotlar olindi.

Uchrashuv davomida yoshlar, ularning ota-onalari va oila a’zolari bilan suhbatlashib, ayni vaqtda xorijda ishlab yurganlarga ham aloqaga chiqildi.

Hozirda maktabning 10-sinfida tahsil olayotgan Fayzullo Imomadiyevning IT sohasiga qiziqishini inobatga olinib, kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Uchrashuvda mas’ullar tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Muloqot davomida kelgusida yoshlarni qiziqish va takliflari asosida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!