alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI M.MADAZIMOVNING MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

11:43 31.08.2024

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!

Sizlarni Mustaqilligimizning shonli 33 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ona yurtimizning tinchligi va farovonligiga ko‘z tegmasin. Mamlakatimiz mustaqilligining o‘tayotgan 33 yili davlatimiz va xalqimiz hayotida keng ko‘lamli islohotlar, ulkan yangilanish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Prezidentimizning 2021 yil 21 iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5154 sonli qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2  gektar yer maydonida 2000 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi qad rostladi. Unda talabalarning sifatli bilim olishlari uchun shinam o‘quv xonalari bilan bir qatorda simulyatsiya markazlari ham mavjud bo‘lib, yoshlar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlab borishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur binoning foydalanishga topshirilishi xalqimizning eng aziz va muqaddas bayrami arafasida bo‘lishi ham bayram tuhfasi bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.Qadrli institutimiz jamoasi, aziz talabalar, sizni va siz orqali barcha yurtdoshlarimizni eng go‘zal va qadrli bayram bilan chin qalbdan muborakbod etaman.  Bu yil Mustaqillik bayramimiz “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Biz sizlar bilan nafaqat, bir jamoa balki, katta bir oilamiz va Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga bel bog‘laganmiz! Yurt ravnaqiga o‘z tanlagan sohangizning yetuk mutaxassisi bo‘lib, ustozlar esa yoshlarga bilim berish orqali ko‘mak berishiga ishonaman.

Aziz, talaba-yoshlar! Unutmangki, siz ertamiz egalari, bizning ishonchimiz va umidimizsiz. Men hamisha sizlar bilan faxrlanib, erishgan yutuqlaringizdan sizdanda ziyoda quvonaman. Sizlar nafaqat ota-onangiz, yaqinlaringiz balki, ona vatanning, Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlarisiz. Barchangizga Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami muborak bo‘lsin!

 

Madamin Madazimov,

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori

Skip to content Click to listen highlighted text!