QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TALABALARIGA TALABALIK GUVOHNOMALARI TOPSHIRILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TALABALARIGA TALABALIK GUVOHNOMALARI TOPSHIRILDI

15:19 02.09.2024

Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturining Stomatologiya yo‘nalishi 3-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar 4-bosqichda o‘qishini Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida davom ettirish maqsadida jo‘nab ketdi.

Bugun, 2-sentabr kuni Dog’iston davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tarzda «Bilimlar kuni» tadbiri o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan universitet rahbariyati o‘quv yilini samarali va yutuqlarga boy tarzda o’tkazilishida ustozlar hamda talabalarga kuch-quvvat tiladi.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov ham so‘z olib barcha talabalar va universitet jamoasiga yangi o‘quv yilida katta yutuq hamda muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishiga tilak bildirdi.

Tantanali tadbir davomida qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qishni davom ettirish istagida borgan talabalarimizga talabalik guvohnomalari topshirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!