XALQARO HAMKORLIKLARNI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO HAMKORLIKLARNI MUSTAHKAMLASH YO‘LIDA

19:24 02.09.2024

Ayni kunlarda Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida xizmat safarida bo‘lib turgan Andijon davlat tibbiyot institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov bugun, 2-sentabr kuni universitet rektori V.Xanaliyev, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Mollayeva va bir guruh mas’ullar bilan uchrashib, suhbatlashdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Birgalikda tibbiyotning immunologiya, genetika, gistologiya kabi yo‘nalishlari doirasida dolzarb muammolarga bag‘ishlangan anjumanlar, hamkorlikda ilmiy ishlar tayyorlash, talabalar uchun o‘quv va amaliyot maktablari tashkil etish, ilmiy ishlar doirasida mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish takliflarini tomonlar ma’qulladi.

Bundan tashqari milliy kutubxona fondi bilan aloqalar yuzasidan alohida kelishuv amalga oshirildi. Unga ko‘ra DDTU kutubxona bazasidan pedagog-mutaxassislar uchun onlayn foydalanish imkoniyati muhokama qilindi.

Shuningdek, universitet kafedralari bilan yaqindan tanishilib, tajriba almashildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!