Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BUGUN MAKTABLARDA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ JARANG SOCHDI

10:21 04.09.2024

Bugun, 4-sentabr barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglab, o‘quvchilarni bag‘riga chorlamoqda. Marhamat tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olgan prorektor barcha ustozlar va o‘quv yilining  boshlanishi munosabati bilan samimiy qutladi hamda o‘quv yili davomida omad, muvafaqqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng, bu yil 1-sinfga ilk  bor qadam qo‘ygan 21 nafar o‘quvchilarga  “Prezident  sovg‘alari”  tantanali  ravishda topshirildi.

Institut mas’ullari tomonidan esa o‘quvchilarga kitoblar taqdim etildi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi bo‘lib o‘tdi unda o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Ilk qo‘ng‘iroq sadolaridan so‘ng “Mustaqillik darsi” ga navbat berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!