Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI O‘QUV BINOSIDAGI DARS JARAYONLARI VA O‘QUV XONALARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

13:00 10.09.2024

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot institutining zamonaviy 2000 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora -tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154 sonli qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2 gektar yer maydonida 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostladi.

Bino 7 qavatdan iborat bo‘lib har bir qavatda 28 ta xona mavjud. Barcha o‘quv xonalari interaktiv doskalar va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan.

Ayni kunlarda, o‘quv binosidan joy olgan kafedralarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari o‘tkazish boshlandi. Bugun, 10-sentabr kuni institut rektori M.Madazimov dars jarayonlari va o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar bilan suhbat jarayonida  rektor ularning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan ushbu sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yoshlar faqatgina olg‘a intilishi, ulkan marralarni zabt etishlari muhimligini aytib o‘tdi. Shuningdek, yoshlarning bugungi intilishi, harakati esa kelajakda tibbiyot sohasini yana-da, rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Rektor bilan suhbatlashgan xorijlik talabalar ham o‘quv jarayonlari va talabalar turar joylaridagi sharoitlardan mamnunliklarini bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!