- Kafedrasi mudiri: t.f.d. dotsent: Shadmanov Mirzamaxmud Alisherovich
- Ish vaqti: 8.00 – 15.00
- Mobil Aloqa: :+998 93 7060032
- Email: boboev.rustambek1983@mail.ru
«Ichki kasalliklar» fani asosiy klinik fan bo’lib, uni bilish nafaqat terapevt balki ixtiyoriy klinik mutaxassislikdagi vrachlar-nevropatolog, dermatolog, jarroh va boshqalar uchun zarurdir.
1960-1961 o’quv yilida ichki kasalliklar kafedrasidan mustaqil fakultet terapiya kafedrasi sifatida shaklandi. Kafedra mudiri vazifasida dotsent G.M. Kleyner, kafedra dotsenti bo’lib t.f.n. A.B. Boltaboev, assistent lavozimida katta tajribaga ega bo’lgan O.G. Morozova, S.T. Latipova, F.P. Po’latov, N.A. Abduraxmonova, K.Ya. Gurina, M. Karimovalar ishlaganlar. Kafedra bazasi shahar umumlashgan shifoxonasi edi.
1972 yilda kafedra bazasi yana viloyat shifoxonasiga ko’chirildi.
1977 yilda kafedrani dotsent D.G. Murzakaev boshqardi. Kafedraning katta va kuchli pedagoglar tarkibi shakllandi: dotsentlar K.D. Jalolov, T.Z. Jumaboev, Z.U. Yuldoshev, assistentlar t.f.n. M.A. Xujamberdiyev, E.L. Arutyunova, S.T. Latipova, Z.K. Raychani, D.A. Sattarova, K.Yu. Latipova, T.K. Xolmirzaev, J.I. Gershoyg, S.A. Sinitsina, N.N. Kurzanov.
1981 yilda kafedra assistentlik lavozimiga t.f.n. M.I. Tojiboeva tayinlandi, 1981 yilda esa dotsentlik lavozimiga Z.S. Mamarasulov saylandi.
1983 yilda M.A. Xujamberdiyevning bevosita raxbarligi ostida biogen aminlar, katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin, dofamin), katexolaminlar hosil bo’luvchi DOFA va katexolaminlar metabolizmi maxsulotlari, VMK (vaninilmindal kislota) hamda fermentlar (monoaminoksidaza – MAO), katexolaminlar oksidlanuvchi dezaminlanishini tekshirish bo’yicha laboratoriya tashkil qilindi.
1984 yilda kafedra mudiri lavozimiga dotsent M.A. Otaxonov tayinlandi.
1985 yilda dotsent M.A. Xujamberdiyev Moskvada doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va shu yili kafedraga mudir etib tayinlandi.
1985 yilda professor M.A. Xujamberdiyev o’quv ishlari bo’yicha prorektorlik lavozimiga tayinlanishi munosobati bilan dotsent M.K. Karimov kafedra mudiri bo’ldi. 1988 yilda esa 4-kurs davolash fakultetining ichki kasalliklar va davolash jismoniy tarbiya kafedrasi deyildi. Kafedra mudiri lavozimiga yana t.f.d. professor M.A. Xujamberdiyev tayinlandi. Kafedraning 2-professori lavozimiga A.J. Juraev tayinlandi.
1989-1993 yillari kafedra nomi yana fakultet terapiyasi deb o’zgartirildi. Kafedra mudiri etib professor M.A. Xujamberdiyev tayinlandi.
1991 yilda N.R. Uzbekova Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1992 yildan kafedra assistenti lavozimida ish boshlagan. 1994 yilga kelib kafedra dotsenti lavozimiga saylandi.
M.A. Xujamberdiyev raxbarligi ostida M. Mamadiyev, T. Saydullaev, Q. Amanov nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar, 2002 yilda N.Z. Isamitdinova va M.M. Mirsaydullayev, 2004 yili M.I. Boymirzaev, 2005 yili Z.A. Ergasheva, 2006 yili G.I. Kodirova, 2008 yili D.N. Usmanova va D.M. Vaxabov, 2010 yilda I.M. Tashtemirova, 2011 yilda Sh.K. Yusupova, 2011 yilda U.T. Jumaboev va 2012 yilda U.A. Usmanovalar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar.
M.A. Xujamberdiyev raxbarligi ostida 1994 yilda t.f.n. M. Mamadiyev, 2007 yili t.f.n. M.M. Mirsaydullaev, 2008 yili esa Tursunov X.X. va 2011 yili Iminova O. doktorlik dissertatsiyasini yoqladilar.
Kafedra xodimlari tomonidan 6 ta darslik, 15 ta monografiya, 110 ta uslubiy qo’llanma, 160 ta uslubiy tavsiyanomalar, 690 ta ilmiy makola, 1500 dan ortiq tezislar chop etildi, 180 ta ratsionalizatorlik taklifi, 78 ta kashfiyot amaliyotga tadbiq etildi.
2012 yil kafedra dotsentligiga t.f.n. B.M. Vaxabov saylandi.
2013 yil kafedra dotsentligiga t.f.n. G.I. Kodirova hamda t.f.n. I.M. Tashtemirova saylandi.
2017 yil dotsent N.R. Uzbekova o’zining doktorlik dissertatsiyasini (DSc) himoya qildi va 2019 yildan kafedra professorligiga saylandi.
2019 yil kafedra dotsentligiga t.f.n. Usmanova D.N. saylandi.
2019 yil assistent A.S. Shamsiddinova o’zining doktorlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qildi.
Hozirgi kunda kafedrada ilmiy salohiyatini 2 nafar tibbiyot fanlari doktori, 6 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari tashkil etadi. Kafedraning ilmiy yonalishi yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligida, metabolik sindromda simpatoadrenal tizimi, lipidlarni perekisli oksidlanishi, immun tizimini o’zaro aloqadorligini o’rganish. Kafedrada «Kardiologiya» yo’nalishi bo’yicha magistr va klinik ordinatorlar bilan ishlar olib boriladi. Kafedrada magistratur yo’nalishi tashkil etilgandan boshlab 100dan ortiq rezidentlar yakunlab, muvofaqiyatli ravishda O’zbekiston Respublikasini sog’liqni saqlash tizimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedraning 80%dan ortiq professor-o’qituvchilari ushbu kafedraning «Kardiologiya» magistratura yo’nalishining bitiruvchilari hisoblanadi.
Fakultet terapiya kafedrasi Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi binosida joylashgan
Uzbekova Nelli Rafikovna
t.f.d., dotsent, terapevt
Vaxabov Baxramjon Muminjon O’g’li
t.f.n., dotsent, kardiolog
Tashtemirova Irodaxon Makambaevna
t.f.n., dotsent, kardiolog
Kodirova Gulchexraxon Ibraximovna
t.f.n., dotsent, terapevt
Usmanova Dilorom Nematjonovna
t.f.n., dotsent, terapevt
Shamsiddinova Alfiya Sayfiddinovna
t.f.n., dotsent, kardiolog
Latipova Kimye Yusupovna
t.f.n., terapevt
Yuldasheva Guyoxon Tojidinovna
Terapevt
Usmanov Bobirmirza Baxromovich
Kardiolog
Mamajonova Ziyodaxon Kabuljon Qizi
Kardiolog
Yusupova Nodira Abdimo’minovna
Kardiolog
Yuldasheva Sarvinoza Laziz Qizi
Kardiolog
Abdullayeva Kamolaxon Arslon Qizi
Kardiolog
Muxtarov Saidorifxon Abdulqodirxo’ja O’g’li
Kardiolog
Qosimov Iqboljon Sodiqjon O’g’li
Kardiolog
Isaqov Abdurashid Abdurauf O’g’li
Kardiolog
KAFEDRA MANZILI, JOYLASHGAN KLINIK BAZALARI
- BAZALokatsiyasi: R85H+6CV https://goo.gl/maps/Q8wG7HHuWXo5aWhg7
- FANLAR…