Xabaringiz bor joriy yilning 14-sentabr kunidan 6-oktabr sanasiga qadar
Andijon viloyatida Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilishi
belgilangan. Shu munosabat bilan viloyatimizga 2500 nafardan ortiq chet el fuqarolari tashrif buyurishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Chet el fuqarolariga qulay, samarali va sifatli tez tibbiy yordam xizmati
ko‘rsatishni tashkil etish uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi
Andijon viloyati filiali Call-Markazida “103” qisqa raqami orqali
mehmonlardan chaqiruv bo‘lganda chet tili (ingliz tili) da mukammal muloqot
qila oladigan dispetcher xodimlarga ehtiyoj mavjud.
Shu munosabat bilan Dispetcherlik xizmati uchun ingliz tilida mukammal muloqot qila oladigan talabalar yoki xodimlarni hamkorlikka taklif etamiz.
Call-Markaz ish faoliyati 24 soat davom etadi, talaba yoki xodimlarga institut rahbariyati roziligi asosida smenalik ish vaqti belgilanadi.
Murojaat uchun telefon raqami: +998-97-975-90-09.