Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “XON ATLAS” HAFTALIGI!

14:16 13.09.2024

Milliy libosimizda xalqimiz urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Atlas-u, adras, beqasam kabi betakror matolardan tikilgan o‘zbekona milliy liboslar ayol-qizlarimizni go‘zalligini yana-da boyitadi. O‘ziga xos uyg‘unlik bag‘ishlaydi.

Mana shunday go‘zallik namoyishi namunasi bo‘lgan “Xon atlas” haftaligi butun respublikamiz bo‘ylab keng qamrovda o‘tkazilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutida ham mazkur haftalik doirasida qator tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Haftalik doirasida institut xodimalari va talabalari milliy liboslarda keldi. Institut hovlisida jam bo‘lgan lobar qizlar milliy o‘yinlar asosida tashkil qilingan musobaqalarda ishtirok etib, kuy-qo‘shiqlarga raqslar ijro etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba-qizlarga milliy liboslar tarixi, u haqidagi rivoyat va afsonalar, milliy urf-odatlarimiz haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!